Tojikiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Farhod Salim Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tayotgan yig‘ilishda Afg‘onistonda terrorchilik guruhlari, jumladan, “Al-Qoida” va “ISHID”ning faolligi kuchayganini, shuningdek giyohvand moddalar ishlab chiqarish va sotish keskin oshganini ta’kidladi.
Salimning ta’kidlashicha, Tojikiston hukumati Afg‘onistonda inklyuziv va tahdidlarga qarshi tura oladigan hukumat o‘rnatilishini xohlaydi.