Bugun 19 yanvar, 2025 yil, yakshanba

КИР

Tishlarni uchinchi marta ham o‘stirish mumkin — yapon olimlari

Tishlarni uchinchi marta ham o‘stirish mumkin — yapon olimlari

Yaponcha usulda yangi tishlarni o‘stirish olimlar o‘rtasida bahslarga sabab bo‘lmoqda. Yangi texnologiya bir paytningning o‘zida ham inqilobiy, ham bahsli — chunki bu tishlarning funksionalligi savol ostida.

«Odamlarning tishini uchinchi marta o‘stirib berishga qodir yashirin tish tomirlari borligi aytilayotgani ham inqilobiy, ham bahsli masala», — dedi Gonkong universiteti endodontiya klinik professori Chenfey Chjan.


Mavzuga doir: Tish o‘stiradigan dorining klinik sinovlari sentyabrdan boshlanadi


Gap Osakadagi Kitano shifoxonasining Tibbiyot tadqiqotlari instituti ilmiy kashfiyoti haqida ketmoqda. Yapon olimlari to‘kilgan tishlar o‘rnida yangilari o‘sishini ta’minlovchi vosita ishlab chiqishganini ma’lum qilishgandi.

Ular o‘tkazayotgan tadqiqotga olti va undan ortiq tishi tushgan (apleziyaga uchragan) bemorlar tanlanmoqda, biroq savollar talaygina, masalan, «yangi tishlar» bemorlarning ilgarigi o‘z tishlari o‘rnini funksional va estetik jihatdan bosa oladimi?

Kiritildi: 13:15 13.12.2024. O'qildi: 1466 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!