Bugun 4 oktyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

«Tinchlik muzokarasi» bahonasida manfaatlar to‘qnashyaptimi?

«Tinchlik muzokarasi» bahonasida manfaatlar to‘qnashyaptimi?

Ukrainadagi urushni tugatish bo‘yicha muzokaralar doirasida AQSh va Rossiya iqtisodiy bitimni muhokama qilmoqda.

The New York Times nashri manbalariga tayanib xabar berishicha, Ukrainadagi urushni yakunlash bo‘yicha muzokaralar doirasida Rossiya AQShga xorijdagi «Lukoyl» aktivlarini ham qamrab olishi mumkin bo‘lgan iqtisodiy bitim tuzishni taklif qilgan.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya prezidenti Vladimir Putin bu g‘oyani 5 sentyabr kuni Kremlda AQSh prezidenti Donald Trampning maxsus vakillari Stiv Uitkoff va Jared Kushner bilan uchrashuvda muhokama qilgan.

Amerika tomoni, NYT ta’kidlashicha, taklifni o‘rganishga rozi bo‘lgan. Ehtimoliy bitim Vashington va Moskva o‘rtasidagi ishonchni mustahkamlash, shuningdek, jahon energetika bozoridagi narxlarni pasaytirish vositasi sifatida ko‘rib chiqilmoqda.

Shu bilan birga, nashr ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuviga e’tibor qaratgan. «Lukoyl»ning xorijiy aktivlarini sotib olishga da’vogarlar orasida Tramp tarafdori bo‘lgan milliarder Todd Bouli, Jared Kushner va Ivanka Tramp bilan bog‘liq Qatar konglomerati, shuningdek, Stiv Uitkoff bilan aloqador Abu-Dabi investisiya fondi tilga olinmoqda.

NYT ma’lum qilishicha, Kushner yoki Uitkoff ehtimoliy bitimdan shaxsan manfaat ko‘rishiga dalillar yo‘q. Biroq gazeta Tramp ma’muriyatidagi biznes aloqalari va geosiyosiy masalalar o‘rtasidagi yaqin bog‘liqlikka e’tibor qaratgan.

Kiritildi: Bugun 12:12. O'qildi: 491 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!