Bugun 10 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

TIME jurnali YouTube bosh direktori Nil Mohanni “Yil rahbari” deb topdi

TIME jurnali YouTube bosh direktori Nil Mohanni “Yil rahbari” deb topdi

TIME jurnali 2025 yil uchun “Yil rahbari” mukofotini YouTube’ning bosh direktori Nil Mohanga taqdim etdi.

Nashr Mohanning raqamli media bozoridagi katta o‘zgarishlar davrida YouTube’ni muvaffaqiyatli boshqargani, platformaning auditoriyasi va ta’sirini yanada oshirganini asosiy omil sifatida qayd etdi.

Nil Mohan 2023 yilda rahbarlikka kelganidan buyon YouTube televideniya, sport translyasiyalari, qisqa videolar va podkastlar bozorida o‘z nufuzini yanada mustahkamladi.

TIME maqolasida ta’kidlanishicha, Mohan industriyada shov-shuvsiz, ammo samarali rahbar sifatida e’tirof etilmoqda.

Kiritildi: Bugun 14:16. O'qildi: 262 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!