Negizini avtokreditlar tashkil etuvchi iste’mol kreditlarining o‘sishi 168 mlrd. so‘mni tashkil etgan. O‘tgan yilning shu davrida qariyb 20 barobar ko‘proq, 3,1 trln. so‘mlik o‘sish qayd etilgan edi.
Banklarning jami kredit qo‘shilmalari oy davomida 6,7 trln. so‘mga o‘sgan va 490,3 trln. so‘mga yetgan. Oylik o‘sishning 2,5 trln. so‘mi chakana, 4,2 trln. so‘mi korporativ kreditlarga to‘g‘ri kelgan (davlat banklarining faolligi hisobiga).
Davlat banklarining kredit portfeli 4,3 trln. so‘mga, xususiy banklarniki 2,4 trln. so‘m o‘sgan. Davlat banklaridagi kredit faolligi bilan bir vaqtda muammoli kreditlarning sezilarli kamayishi ham qayd etilgan.
Ulushda eng katta muammoli kreditlarga ega bo‘lgan "Octobank" zaxiralar hisobidan NPL qoldig‘ini to‘liq nollashtirgan. Jami muammoli kreditlar qoldig‘i 2,4 trln. so‘mga, 20,9 trln. so‘mgacha qisqargan NPL ulushi 4,8 foizdan 4,3 foizgacha tushgan.