Bugun 10 yanvar, 2026 yil, shanba

КИР

Tibo Kurtua finalda «Barselona»dan alamini olmoqchi

Tibo Kurtua finalda «Barselona»dan alamini olmoqchi

Madridning "Real" klubi Ispaniya Superkubogi yarim finalida "Atletiko"ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Hal qiluvchi bahsda Xabi Alonso shogirdlari Bilbaoning "Atletik" klubini mag‘lub etgan Kataloniyaning "Barselona" klubiga qarshi maydonga tushadi.

"Qaymoqranglilar" darvozaboni Tibo Kurtua final uchrashuvi oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"O‘tgan mavsumda "Barsa"ga ikki finalda mag‘lub bo‘ldik. G‘alaba qozonish vaqti keldi. Bu faqat g‘alabaga ishtiyoqmand ikki kuchli jamoaning yaxshi qarama-qarshiligi bo‘ladi. Hozir kuchimizni tiklashimiz kerak," - deya belgiyalikning so‘zlarini keltiradi klub matbuot xizmati.

Final bahsi 11 yanvar, yakshanba kuni bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 14:17 09.01.2026. O'qildi: 426 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!