Xitoyning g‘arbiy qismidagi Nepal bilan chegaradosh Tibet avtonom viloyatida sodir bo‘lgan ko‘chki oqibatida halok bo‘lganlar soni 43 kishiga yetdi. Bu haqda TASS Xitoy Markaziy televideniyesiga tayanib bermoqda.
Axborot agentligining xabar berishicha, yana 519 kishi bedarak yo‘qolgan. Avvalroq 31 kishi halok bo‘lgan va 531 kishi bedarak yo‘qolgan deb xabar berilgan edi.
Tabiiy ofat Nepalning shimoliy qismida 26 avgust kuni ertalab sodir bo‘lgan. Toshqinlarga ko‘chki sabab bo‘lgan. Kuchli tosh oqimi daryo o‘zani bo‘ylab 70 kilometrdan ortiq masofani yuqori tezlikda bosib o‘tib, katta maydonni suv bosgan. Nepal xabarlariga ko‘ra, 1300 dan ortiq odam halok bo‘lgan va 4800 dan ortiq odam bedarak yo‘qolgan.