Bugun 5 fevral, 2026 yil, payshanba

КИР

The Washington Post gazetasida ham qisqartirish boshlandi

The Washington Post gazetasida ham qisqartirish boshlandi

The New York Times'ning manbalarga tayanib xabar berishicha, milliarder Jeff Bezosga tegishli The Washington Post rahbariyati xodimlarga keng ko‘lamli qisqartirishlar sport, mahalliy va xalqaro yangiliklar bo‘limlariga ta’sir qilishi kutilayotganini aytgan.

Manbalarning so‘zlariga ko‘ra, gazeta xodimlarining qariyb 30 foizi, jumladan, biznes bo‘limlari va tahririyatning 800 ga yaqin jurnalistidan 300 dan ortig‘i ishdan bo‘shatiladi.

The Washington Post bosh muharriri Mett Myurrey esa xodimlar bilan suhbatda gazeta juda uzoq vaqt davomida juda ko‘p pul yo‘qotganini va o‘quvchilarning ehtiyojlarini qondira olmaganini ma’lum qilgan.

Kiritildi: Bugun 14:05. O'qildi: 243 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!