Bugun, 23 iyul kuni soat 10:30 atrofida poytaxtdagi Toshkent markaziy univermagi (SUM) binosi yaqinida erkak kishining jasadi topildi. Bundan xabar topgan “Qalampir.uz” zudlik bilan voqea joyiga yo‘l oldi.
Atrofda Ichki ishlar xodimidan boshqa kimsa yo‘q. O‘rta yoshlardaligi taxmin qilinayotgan erkak qanday vafot etgani ma’lum emas. Hozircha u issiqqa bardosh bera olmagan bo‘lishi mumkin, degan xulosa ilgari surilmoqda. Biroq bu borada shifokorlarning aniq tashxisi yo‘q.
Ichki ishlar xodimi jasadning shaxsini aniqlash imkoni yo‘qligi, prokuraturadan maxsus guruh kelmaguncha unga teginish mumkinmasligini aytgan.
Holat bo‘yicha jinoyat alomatlari payqalmagan.