Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Tez orada o‘zbek mevalari Rossiya supermarketlar tarmog‘ini egallaydi

Tez orada o‘zbek mevalari Rossiya supermarketlar tarmog‘ini egallaydi

Tez kundaa Rossiyaning yirik gipermarketlar tarmog‘ida o‘zbek mevalarining savdosi yo‘lga qo‘yiladi, deb xabar bermoqda Spot nashri.

Xabarda aytilishicha mazkur bitimga Moskvada 11-15 fevral kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan Eksposavdo-2019 Xalqaro ko‘rgazmasining ilk kunida kelishib olingan.

Nafaqat moskvaliklar, balki butun Rossiya hududlaridan O‘zbekistonga qiziqish bildirilmoqda. Yaqin orada mahsulotlarimizning birinchi partiyasi Novosibirskka yo‘l oladi, - deyiladi agentlik xabarida.

Qayd etilishicha, Eksposavdo- 2019 ko‘rgazmasida Made in Uzbekistan nomi ostida beshta stendda mahsulotlar namoyishi tashkil etilgan. Ulardan quruq mevalar, barra qishloq xo‘jalik mahsulotlari, konservalar, alkogolli va alkogolsiz ichimliklar, choylar, konditer mahsulotlari va boshqalar o‘rin olgan.

repost.uz

Kiritildi: 20:07 12.02.2019. O'qildi: 3236 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!