Bugun 13 avgust, 2026 yil, payshanba

КИР

Texasda AQSh armiyasining AH-64 Apache vertolyoti halokatga uchradi

Texasda AQSh armiyasining AH-64 Apache vertolyoti halokatga uchradi

AQSh Qurolli kuchlarining AH-64 Apache jangovar vertolyoti Texas shtatida halokatga uchradi.

AQSh armiyasi ma’lumotiga ko‘ra, Fort-Hud harbiy bazasida joylashgan AH-64 Apache vertolyoti Texasning Salado shaharchasi yaqinida qulagan.

Hodisa joyida mahalliy favqulodda xizmatlar, harbiy qutqaruvchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari ish olib bormoqda.

Dastlabki xabarda jabrlanganlar va halokat sabablari haqida ma’lumot berilmagan. Biroq keyinroq mahalliy rasmiylar vertolyotda bo‘lgan ikki kishi halok bo‘lganini tasdiqladi. Shuningdek, vertolyot odatiy o‘quv parvozini amalga oshirayotgani ma’lum qilindi. Halokat sababi hozircha aniqlanmagan.

Kiritildi: Bugun 03:29. O'qildi: 530 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!