Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Texasda abort mutlaqo taqiqlandi

A A A
Texasda abort mutlaqo taqiqlandi

Qo‘shma Shtatlarning aholi soni bo‘yicha ikkinchi shtati bo‘lgan Texasda abort qilish bo‘yicha eng keskin qonunlardan biri — "Yurak urishi to‘g‘risida" qonun mavjud.

Unga ko‘ra, homilaning yurak urishini aniqlaganidan keyin homiladorlikni tugatish taqiqlanadi. Xomilaning yuragi paydo bo‘lishining 6-haftasidan ura boshlaydi. Bu davrda ko‘plab ayollar o‘z ahvolidan xabardor bo‘lmaydi, deydi shifokorlar va faollar. Shu sabab, bu qonun abort amaliyotini deyarli mutlaqo cheklaydi, deyish mumkin.

Ushbu qonun o‘ta qat’iy hisoblanib, hatto o‘smirlar, zo‘rlash va qarindoshlik qurbonlari uchun ham istisnolar yo‘q. Bu amaliyotni amalga oshirgan Shifokorni sudga bergan har kim 10 ming dollar olishi mumkin.

Bu qonun 2021 yil may oyida tasdiqlangan edi. Biroq faollar, doktor va klinika egalarining sudga murojaati sababli kuchga kirmagan. Biroq mahalliy sud vakillari ovozining asosiy qismi qonunni tasdiqlaganidan so‘ng, u 1 sentyabr sanasidan kuchga kirdi.

Kiritildi: 12:52 07.09.2021. O'qildi: 1912 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik