Respublika oliy ta’lim muassasalarida o‘tkazilgan test sinovlarining beshinchi kuni natijalari bugun, 6 avgust kuni soat 18:15 da e’lon qilina boshlandi. Bu haqda Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov xabar bermoqda.
Respublika oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarining beshinchi kuni – 5 avgust natijalari quyidagicha:
Test sinovlari shaxsni identifikasiyalash vositalari, videofiksasiya hamda doimiy videokuzatuv qurilmalari bilan jihozlangan 57 ta binoda 18 ta oliy ta’lim muassasalarining 97 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazilgan.
Test sinovlarida 57 676 nafar abituriyent ishtirok etgan. 1 738 nafar abituriyent imtihonlarga kelmagan.
Test sinovlari tartib qoidalarini buzganligi sababli 115 nafar abituriyent test sinovlaridan chetlashtirilgan. Guruh nazoratchilari sifatida 2 404 nafar o‘qituvchilar jalb etilgan.
Davlat granti bo‘yicha eng yuqori o‘tish bali: 184,8 ball, Toshkent davlat sharqshunoslik institutining “Jahon siyosati (mintaqalar bo‘yicha)” ta’lim yo‘nalishi;
To‘lov-kontrakt bo‘yicha eng yuqori o‘tish bali: 164,1 ball, Toshkent davlat sharqshunoslik institutining “Tarix (mamlakatlar va mintaqalar bo‘yicha)” ta’lim yo‘nalishi.
O‘rtacha o‘tish bali:
davlat granti – 111,9 ball;
to‘lov-kontrakt – 90,0 ball.
Manba: qalampir.com