Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

“Tesla” Xitoy bozoridan 36 mingdan ziyod avtomobilni qaytarib olmoqda

“Tesla” Xitoy bozoridan 36 mingdan ziyod avtomobilni qaytarib olmoqda

Amerikaning “Tesla”  kompaniyasi Xitoy bozoridan 36,126 mingta elektromobilni qaytarib olmoqda, deb xabar berdi "Interfaks" XXRning bozorni tartibga solish davlat idorasiga tayanib.

Buning sababi ushbu mashinalarga o‘rnatilgan eMMC xotira kartalaridagi muammolar ekanligi ma’lum qilingan.

“Ularning eskirishi xavfi mavjud, bu esa sensorli ekranning, orqaga burilish kameralarining, isitish uskunalarining ishlamay qolishiga olib kelishi mumkin”, deyiladi xabarda.

Aniqlik kiritilishicha, 2013 yil 18 sentyabrdan 2018 yil 20 fevralgacha ishlab chiqarilgan 20.428 ta “Model s” va 2016 yil 12 martdan 2018 yil 16 fevralgacha ishlab chiqarilgan 15.698 ta “Model X” qaytarib olinadi.

“Tesla”  qaytarib olingan transport vositalaridagi xavflarni bartaraf etishga va’da bergan.

Kiritildi: 20:15 08.02.2021. O'qildi: 3008 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!