Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Terrorchilarning plastik kartalariga pul jo‘natgan kishi ushlandi

Terrorchilarning plastik kartalariga pul jo‘natgan kishi ushlandi

Federal xavfsizlik xizmati Moskvada terrorchilarga pul jo‘natgan kishini qo‘lga oldi. U 2015 yildan boshlab Suriyadagi terrorchilarning bank kartalariga 50 million rubl pul o‘tkazib bergan.

Qo‘lga olingan shaxs Guyev Georgiy Ruslanovich, Shimoliy Osetiyada tug‘ilgan.

Tergov ishida ma’lum bo‘lishicha, Guyev moddiy yordam bergan jangarilar Islom davlati * terrorchilik uyushmasi safida Suriya hududida urush qilgan.

FXX ta’kidlashicha, Guyev Muxadjirun islom jamg‘armasi asoschisi Isroil Axmednabiyevga pul jo‘natgan. Bu shaxsi terrorizm uchun qidiruvga berilgan.

Pullar xorijda naqdlashtirilib, terrorchilik harakatlarini tayyorlash va amalga oshirish uchun yo‘naltirilgan.

Hozircha ushlangan shaxs pullarni qayerdan olgani noma’lum.

Tintuv vaqtida Guyevning uyida ekstremistik adabiyotlar, ko‘plab bank kartalar va ID boshliqlarining yo‘qnomalari yozilgan mobil telefonlar topildi.

Kiritildi: 16:47 16.05.2019. O'qildi: 2279 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!