Bugun 6 oktyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Termizda yilning eng nufuzli ikkita kurash musobaqasi o‘tkaziladi

Termizda yilning eng nufuzli ikkita kurash musobaqasi o‘tkaziladi

Joriy yilning 15-19 oktyabr kunlari dunyo polvonlari Prezident sovrini — 20 ming AQSh dollari uchun bellashadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun «World Series Pro» xalqaro turnirining final bosqichi hamda Al Hakim at-Termiziy xalqaro musobaqasida sayyoramizning eng kuchli polvonlari bahslarga kirishadi.

Termizda yilning eng nufuzli ikkita kurash musobaqasi o‘tkaziladi

«World Series Pro» xalqaro turnirining Osiyo, Yevropa, Afrika va Pan-Amerika qit’asidan saralangan 80 nafar kurashchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun kurash olib boradi. Turnirning umumiy sovrin jamg‘armasi 170 ming AQSh dollarini tashkil etadi.

Shuningdek, Al Hakim at-Termiziy xalqaro turniri 18 oktyabr kuni o‘tkaziladi. Uning umumiy sovrin jamg‘armasi 130 ming AQSh dollari etib belgilangan. Mazkur yo‘nalishda bosh sovrinni qo‘lga kiritgan kurashchi Prezident sovrini — 20 ming AQSh dollariga ega chiqadi.

Yilning eng nufuzli ikkita kurash musobaqasi Termiz shahridagi «Alpomish» o‘yingohida bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 20:55 05.10.2024. O'qildi: 334 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!