Bugun 27 fevral, 2026 yil, juma

КИР

Termiz – Istanbul, Termiz – Dubay yo‘nalishlarida yangi reyslar qo‘yiladi

Termiz – Istanbul, Termiz – Dubay yo‘nalishlarida yangi reyslar qo‘yiladi

Termiz – Istanbul, Termiz – Dubay yo‘nalishlarida yangi reyslar qo‘yilishi belgilandi.

Sho‘rchi, Denov, Sariosiyo, Sherobod va Boysundan kuniga 100 ming odam viloyat markaziga yengil mashinada kelib-ketyapti. Surxondaryoga olib kelinayotgan 125 ta avtobusni birinchi navbatda ushbu yo‘nalishlarga qo‘yish topshirildi.

Yil oxirigacha Muzrabotdagi 56 ming aholiga ilk bor markazlashgan ichimlik suvi yetkazib berish loyihasi yakuniga yetkaziladi.

Muzrabot, Oltinsoy, Angor, Qiziriq va Boysun markazlariga kanalizasiya olib borish loyihasi boshlanadi.

“Mustaqillikning 25 yilligi” yirik gazni qayta ishlash majmuasidagi texnologik murakkab masalaga hamkorlar bilan ilmiy yechim topilgani qayd etildi.

“Biz avariyani ham to‘xtatamiz, Surxondaryo iqtisodiyotiga katta turtki beradigan loyihani ham boshlaymiz”, – dedi Prezidentimiz.

Kiritildi: Bugun 13:45. O'qildi: 420 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!