Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Tennis sport turi ommalashtiriladi

Tennis sport turi ommalashtiriladi

“Tennis sport turini ommalashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–347-son, 21.09.2026 y.) qabul qilindi.

🔰 Qarorga ko‘ra, quyidagilar tennis sport turini 2030 yilgacha ommalashtirish va rivojlantirishning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari etib belgilandi:

🔹 tennis bilan doimiy shug‘ullanuvchilar sonini 3 000 nafargacha yetkazish;

🔹 tennis bo‘yicha trenerlar sonini 200 nafarga yetkazish;

🔹 tennis sport turi bo‘yicha Osiyoda top-5 talikka kirish;

🔹 tennis sport turini istiqbolli sport turlari qatoriga kiritish choralarini ko‘rish.

✅ 2026 yil 1 oktyabrdan an’anaviy tarzda tennis bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasida quyidagi musobaqalarni o‘tkazib borish yo‘lga qo‘yiladi:

🔸 Professional tennischilar assosiasiyasi (ATP) va Ayollar tennisi assosiasiyasi (WTA) hamda Xalqaro tennis federasiyasi (ITF) shafeligi ostida bo‘lib o‘tadigan xalqaro tennis musobaqalari;

🔸 yoshlar va kattalar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi;

🔸 yoshlar, o‘smirlar va kattalar o‘rtasida Respublika chempionati;

🔸 kattalar o‘rtasida “Uzbekistan open” xalqaro turniri;

🔸 erkaklar o‘rtasida “ATP Challenger” xalqaro musobaqasi.

Kiritildi: 10:50 23.09.2026. O'qildi: 938 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik