Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

"Tengdoshlari qutqara olmagan": Buxoroda cho‘kib o‘lgan 15 yoshli maktab o‘quvchisi haqida

"Tengdoshlari qutqara olmagan": Buxoroda cho‘kib o‘lgan 15 yoshli maktab o‘quvchisi haqida

Buxoro viloyati, Olot tumanidagi maktab o‘quvchisi darsdan so‘ng o‘z xonadonidan chiqib, cho‘milishga borib, suvga cho‘kkan va uning jasadi bir kundan keyin topilgan.

Joriy yilning 9 iyun kuni tumandagi 25-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 9-sinf o‘quvchisi soat 11:40 larda joriy imtihonni topshirib bo‘lgach, soat 12:00larda uyiga jo‘nagan. Tumandagi “Xalifa” mahallasida yashovchi S.M. uyida tushlik qilgach, chamasi, soat 14-15 lar atrofida 4 nafar maktabdoshi bilan Qorako‘l tumanidan oqib o‘tuvchi katta “Amu-Buxoro” kanalida cho‘milishgan.

Chuqurligi taxminan 4-5 metrda, suv hajmi ham juda baland bo‘lgan kanal 15 yoshli S.M.ni to‘lqinida oqizib ketgan. Uning yonida bo‘lgan tengdoshlari S.M.ni qutqarishga urinishgan. Biroq harakatlari zoye ketgan. Holatdan qo‘rqib qolgan o‘smirlar voqea joyidan qochib ketishgan.

Aynan shu maktabda voqea sodir bo‘lishidan bir necha kun oldin o‘quvchilar o‘rtasida maktab jamoatchiligi, yoshlar tashkilotlari hamda favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tuman bo‘limi vakillari bilan ta’qiqlangan suv havzalariga cho‘milmaslik bo‘yicha targ‘ibot ishlarini olib borilgan. O‘quvchilarning ota-onalaridan kafolat xatlari olinib, har bir o‘quvchisining qo‘liga ta’qiqlanganlik bo‘yicha targ‘ibot bukletlari berilgan.

- Afsuski, shuncha say’-harakatlarga qaramay, ko‘ngilsiz holat sodir bo‘ldi. 9 iyun kuni sodir bo‘lgan bu holatdan, chamasi, bir soatlarcha keyin xabar topdik. FVBning g‘avvos-qutqaruvchilari, baliqchilar jalb etilgandi. Kanal suvi hajmi juda yuqoriligi sababli bolani tirik qutqarib qolish imkoni bo‘lmagan. Qidiruv 10 iyun tongiga qadar davom etdi va shu kuni bolaning jasadi favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan jalb etilgan baliqchilar to‘r xaltasi orqali topilgan.

Kiritildi: 21:12 14.06.2021. O'qildi: 3039 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!