Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Televizor qarshisida ko‘p vaqt o‘tkazish ichak saratoniga olib kelishi mumkin

Televizor qarshisida ko‘p vaqt o‘tkazish ichak saratoniga olib kelishi mumkin

Olimlar televizorni o‘tirgan holda me’yoridan ortiq tomosha qilish 50 yoshgacha bo‘lgan insonlarda ichak saratoni xastaligini keltirib chiqarishi mumkin, degan xulosaga keldi.

Qayd etilishicha, bir guruh olimlar Amerikada hamshiralar salomatligi bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlarning ikkinchi bosqichi natijalarini (AQShda 1989 yilda asosiy surunkali xastaliklarni keltirib chiqaruvchi xavfli omillar haqida to‘plangan eng yirik ma’lumotlar jamlanmasi) tahlil qila turib, bir jihatga e’tibor berishdi. Ya’ni televizor qarshisida ko‘p vaqt o‘tkazishga odatlangan insonlar tadqiqotning boshqa ishtirokchilarga qaraganda ichak saratoniga ko‘proq chalingan ekan.

Tadqiqotchilar ichak saratonining erta rivojlanishiga oid ana shunday 118 ta holatni o‘rganib chiqib, kuniga televizor qarshisida kamida 1 soatdan o‘tirgan kishilarda xastalikka chalinish xavfi 12 foiz bo‘lganini aniqladi. Ikki soatdan ziyod vaqtini televizor qarshisida o‘tkazgan ishtirokchilar orasida esa bu xavf 70 foizdan ziyod bo‘lgan.

Manba: darakchi.uz

Kiritildi: 21:05 07.02.2019. O'qildi: 1618 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!