Bugun 6 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Telekanallarimizda xorij seriallari namoyishi cheklanadi

A A A
Telekanallarimizda xorij seriallari namoyishi cheklanadi

O‘zbekiston nodavlat telekanallarida bir kunlik efir jadvalini shakllantirishda xorij serialini bir sutkada faqatgina bir martadan ko‘p bo‘lmagan holda namoyish etish belgilandi.

«Xabar.uz» nashriga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasida o‘tkazilgan yig‘ilishda shu haqda so‘z borgan.

Shuningdek, telekanallarga efir vaqtining asosiy qismini original ko‘rsatuvlar bilan to‘ldirish, milliy badiiy film va seriallarga ustuvorlik berish, telekanallarda namoyish etiladigan chet el seriali qat’iy ravishda O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchilik talablariga javob berishi ta’minlanishi qayd etilgan.

Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasiyasiga o‘n kun muddat ichida joriy etilgan tartibni barcha nodavlat teleradiokanallarga yetkazish vazifasi qo‘yilgan.

Kiritildi: 05:06 06.08.2019. O'qildi: 3731 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!