Bugun 6 oktyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Tel-Avivda minglab faollar muddatidan oldin saylovlar o‘tkazilishini talab qilmoqda

Tel-Avivda minglab faollar muddatidan oldin saylovlar o‘tkazilishini talab qilmoqda

Tel-Aviv markazidagi Mehnatkashlar umumiy federasiyasi binosiga yig‘ilgan minglab faollar G‘azo sektoridagi garovga olinganlarni zudlik bilan ozod etish va muddatidan oldin saylovlar o‘tkazishni talab qilishdi.

Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, norozilik aksiyasi polisiya bilan kelishilgan. Namoyishchilar hukumatga qarshi shiorlar aytishmoqda.

Yael shahri aholisining aytishicha, faollarning ikkita maqsadi bor: garovga olinganlarni ozod qilish va Isroil hukumatiga bosim o‘tkazish.

Uning qo‘shimcha qilishicha, ular hukumat muddatidan oldin saylovlar e’lon qiladigan vaziyatga erishish uchun umumiy ish tashlashga chaqirmoqda.

Kiritildi: 22:40 07.07.2024. O'qildi: 655 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!