Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Tekshiruv o‘tkazildi: Farg‘onada chindan ham odamxo‘rlar bormi?

Tekshiruv o‘tkazildi: Farg‘onada chindan ham odamxo‘rlar bormi?

Farg‘onadagi dehqon bozorida odam go‘shti sotilayotgani haqidagi gaplar asossiz va yolg‘on, bo‘lib chiqdi deb xabar qilmoqda Daryo.uz Bosh prokuraturaga asosan.

Bosh prokuratura, mazkur holat yuzasidan o‘tkazilgan tekshiruvda aniqlanishicha, xat muallifi Xoliq Rahimov oldin ham bir necha marotaba yo‘llagani shunday mazmundagi murojaatlari o‘z tasdig‘ini topmay, asossiz va yolg‘on bo‘lib chiqqanligi aniqlangan.

Shuningdek, xat muallifi 1940 yilda tug‘ilgan X. Raximov Farg‘ona shahri, Sohil ko‘chasi, 237-uyda yolg‘iz o‘zi yashashi, ruhiy jihatdan muomalaga layoqatsizligi va 1985 yildan buyon ruhiy kasalliklar shifoxonasida doimiy ro‘yxatda turishi aniqlangan.

Ushbu holat yuzasidan Farg‘ona shahridagi Soybo‘yi MFY raisi va MFYda yashovchi fuqarolar bilan suhbatlashilganda H. Rahimov doimo norozi kayfiyatda yurishi, farzandlari bilan ham munosabatlari yaxshi emasligi, u bilan suhbatlashishning imkoni yo‘qligi, ruhiy jihatdan nosog‘lomligi ma’lum bo‘lgan.

Biroz oldin Feysbuk va Telegramdagi guruhlarda mahalliy fuqarolardan biri prezident qabulxonasiga xat yo‘llab, Farg‘ona shahar markazidagi Dehqon bozori da savdo yurituvchi 50 nafar qassob qabristondan odam go‘shtini olib kelib, sotish bilan shug‘ullanayotganligi haqidagi xabarlar tarqalgan edi.

Kiritildi: 09:09 08.04.2019. O'qildi: 9438 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!