France 24 Tehron aholisi bilan eksklyuziv suhbat o‘tkazib, 28 fevraldan beri AQSh va Isroil zarbalaridan bevosita jabrlanayotgan fuqarolarning fikrlarini jamladi.
Tehronda yashovchi, xavfsizlik sabab shaxsi oshkor etilmagan Vahid ismli suhbatdosh poytaxtdagi kundalik hayot haqida gapirib berdi. U hukumat tanqidchisi ekanini aytgan va shaharda hali ham repressiya mexanizmi faol ishlayotganini ta’kidlagan.
Vahid ayni paytda tashqi harbiy aralashuvni ma’lum darajada qo‘llab-quvvatlashini aytgan, biroq mamlakat kelajagi borasida shubha va xavotirlari ham borligini bildirgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hujumlar fonida Tehronda aholi xavotir bilan yashamoqda va vaziyat qanday rivojlanishi noma’lum bo‘lib qolmoqda.