Bugun 19 mart, 2026 yil, payshanba

КИР

Tehronda Larijoniy va harbiylar bilan vidolashuv marosimi o‘tkazildi

Tehronda Larijoniy va harbiylar bilan vidolashuv marosimi o‘tkazildi

Tehron shahrida Eron Oliy Milliy Xavfsizlik Kengashi kotibi Ali Larijoniy, “Basiҷ” kuchlari qo‘mondoni va o‘nlab harbiylar bilan vidolashuv marosimi bo‘lib o‘tdi.

Marosimda rasmiylar va jamiyatning turli qatlamlari vakillari, shuningdek ko‘plab fuqarolar ishtirok etdi.

Ma’lum qilinishicha, Ali Larijoniy 17 mart kuni havo hujumi oqibatida halok bo‘lgan. Shu hujumda “Basiҷ” qo‘mondoni general G‘ulomreza Sulaymoniy ham vafot etgan.

Shuningdek, tadbirda Eron harbiy-dengiz kuchlarining “Dena” esminesidan halok bo‘lgan dengizchilar bilan ham vidolashildi. Kemaga qilingan hujum natijasida 100 dan ortiq ekipaj a’zosi halok bo‘lgani aytilmoqda.

Hodisalar fonida mintaqadagi harbiy-siyosiy vaziyat keskinligicha qolmoqda.

Kiritildi: 23:08 18.03.2026. O'qildi: 393 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!