Eron poytaxti Tehronning g‘arbiy qismida joylashgan Erguvan savdo markazida katta yong‘in sodir bo‘ldi.
Fars axborot agentligining xabar berishicha, yong‘in oqibatida kamida uch kishi halok bo‘lgan va 26 kishi jarohatlangan.
Ayni paytda, Eron davlat televideniyesi sakkiz kishi halok bo‘lgani va 36 kishi jarohat olgani haqida xabar berdi.
Qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda va qurbonlar soni oshishi mumkin.
Yong‘in sababi hali noma’lum. Tergov olib borilmoqda.