Eron poytaxti Tehron markazidagi Inqilob maydonida AQSh prezidenti Donald Tramp tasvirlangan yirik banner o‘rnatildi.
OAV ma’lumotlariga ko‘ra, bannerda Tramp qora tobut ichida tasvirlangan bo‘lib, unda ingliz tilida zo‘ravonlikka chaqiruvchi mazmundagi yozuv ham joylashtirilgan.
Xabarlarga ko‘ra, banner 15 iyul kuni Eron va AQSh o‘rtasidagi keskinlik kuchaygan bir paytda paydo bo‘lgan. Kompozisiyada fors tilidagi shiorlar va so‘nggi siyosiy voqealarga oid ramzlar ham aks etgan.
Nashrlar qayd etishicha, banner Eronda AQSh va Isroil rahbarlariga qarshi qaratilgan keskin chaqiriqlar yangragan motam tadbirlaridan bir necha kun o‘tib o‘rnatilgan.
Banner suratlari ijtimoiy tarmoqlar va xalqaro ommaviy axborot vositalarida keng tarqalib, Eron va AQSh o‘rtasidagi davom etayotgan taranglik fonida katta muhokamalarga sabab bo‘ldi.