Bugun 13 avgust, 2026 yil, payshanba

КИР

Tehron Vashington bilan sulh uzaytirilganini rad etdi

Tehron Vashington bilan sulh uzaytirilganini rad etdi

Reuters agentligining Eron rasmiysiga tayanib xabar berishicha, AQSh va Eron o‘rtasida sulhni uzaytirish bo‘yicha hech qanday muzokaralar olib borilmagan. Bu bilan Tehron Turkiyaning "Anadolu" agentligi tarqatgan 60 kunlik sulh muddatini uzaytirish bo‘yicha kelishuvga erishilgani haqidagi xabarlarni inkor etdi.

Eron tomonining bildirishicha, AQSh vaqtinchalik sulh imzolanganidan 48 soat o‘tib uni buzgan va bir necha kundan keyin undan chiqqan. Shu sababli, Tehron nuqtai nazaridan sulh muddati umuman boshlanmagan va uzaytiriladigan hech narsa mavjud emas. Ma’lumot uchun, ikki davlat o‘rtasidagi harbiy harakatlar 2026 yil 8 iyulda qayta boshlangan edi.


Kiritildi: 17:31 12.08.2026. O'qildi: 285 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!