Yaqin Sharqdagi ziddiyatlar fonida Eron va Ukraina o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar yanada keskin tus oldi. Britaniyaning "The Daily Express" nashri bergan xabarga ko‘ra, Rasmiy Tehron Isroilning harakatlarini qo‘llab-quvvatlayotgan Kiyevga nisbatan jiddiy choralar ko‘rilishi mumkinligidan ogohlantirgan.
Nashrning yozishicha, Eron tomoni Ukrainaning Yaqin Sharqdagi inqiroz bo‘yicha tutgan pozisiyasiga keskin e’tiroz bildirgan.
"Eron Ukrainaga nisbatan qo‘rqinchli ogohlantirish bilan chiqib, uni zarbalar uchun qonuniy nishon sifatida e’lon qildi", — deyiladi gazeta materialida.
Eslatib o‘tamiz, so‘nggi paytlarda ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar xalqaro siyosiy maydondagi qarama-qarshi qarashlar sababli murakkablashgan edi. Endilikda Yaqin Sharqdagi voqealar bu keskinlikning yangi bosqichiga sabab bo‘lmoqda.