Eron Oliy maslahat kengashi a’zosi Mohsen Rizoiy Eron o‘ziga nisbatan qo‘llangan «barcha sanksiyalar» olib tashlanmaguncha jangovar harakatlarni to‘xtatmasligini ma’lum qildi.
«Urush yetkazilgan zarar uchun to‘liq tovon puli olinguncha, barcha iqtisodiy sanksiyalar bekor qilinguncha va AQShning Eron ichki ishlariga aralashmasligi bo‘yicha xalqaro huquqiy kafolatlar berilgunga qadar davom etadi», — deya uning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Fars agentligi.