Bugun 26 may, 2026 yil, seshanba

КИР

Tehron kemalardan tranzit to‘lovlarini undirmaydi, biroq...

Tehron kemalardan tranzit to‘lovlarini undirmaydi, biroq...

Biroq xavfsizlik, atrof-muhit muhofazasi va dengizni boshqarish xarajatlarini kema egalari to‘lashiga to‘g‘ri keladi. Bu haqda Eron Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Ismoil Bag‘oiy ma’lum qildi.

Diplomatning ta’kidlashicha, Eron va O‘mon qirg‘oqdosh davlatlar sifatida Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi xavfsizlik uchun asosiy mas’uliyatni o‘z zimmalariga oladi. Shuningdek, u Yevropa davlatlarining ushbu hududni boshqarishda ishtirok etishi mumkinligi haqidagi xabarlarni rad etdi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozini boshqarish vakolatiga ega bo‘lgan davlat agentligi tashkil etilganini e’lon qilgan edi.

Kiritildi: Bugun 14:41. O'qildi: 301 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!