Eron Iroq kemalariga Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali maxsus ruxsatnomasiz erkin harakatlanishga ruxsat berdi. Bu haqda The National xabar bergan. Ma’lumotni boshqa manbalar ham tasdiqlamoqda.
«Qardosh Iroq biz Ho‘rmuz bo‘g‘ozida joriy etgan barcha cheklovlardan ozod qilindi», — deyiladi Eron tomoni bayonotida.
Shu tariqa, Iroq kemalari uchun bo‘g‘ozdan o‘tishda maxsus ruxsat olish talabi bekor qilindi. Ayni paytda Ho‘rmuz orqali umumiy kema qatnovi hamon cheklangan bo‘lib, bu strategik yo‘lakdagi harakat odatiy darajadan ancha pastligicha qolmoqda.