Kuchli yomg‘irlar Tbilisidagi Shota Rustaveli xalqaro aeroportida elektr ta’minotida uzilishlarga sabab bo‘ldi.
Aeroport binosida shiftidan suv oqib chiqishi ham aniqlangan.
"Hodisa noqulay ob-havo sharoiti tufayli sodir bo‘lgan. Bizning texnik guruhimiz voqea joyida ishlamoqda va muammoni iloji boricha tezroq hal qilishga harakat qilmoqda. Xavfsizlik nuqtai nazaridan yo‘lovchilar evakuasiya qilindi", deyiladi aeroport bayonotida.
Shuni ta’kidlash kerakki, Tbilisda ketma-ket ikkinchi kun kuchli yomg‘ir yog‘moqda.
Avvalroq Dohadan Gruziya poytaxtiga uchayotgan Qatar Airways reysi Tbilisidagi noqulay ob-havo sharoiti tufayli Bokuga rejadan tashqari qo‘nganligi haqida xabar berilgan edi.