Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Tbilisida 6 dzyudochimiz medallar uchun kurashadi

A A A
Tbilisida 6 dzyudochimiz medallar uchun kurashadi

Gruziya poytaxti Tbilisi shahrida dzyudo bo‘yicha "Katta dubulg‘a" turkumiga kiruvchi turnir boshlandi. Unda dunyoning 83 davlatidan jami 531 nafar dzyudochi ishtirok etmoqda.

Ushbu nufuzli musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari musobaqa medallar hamda “Parij-2024” Olimpiya o‘yinlari yo‘llanma beruvchi reyting ochkolari uchun bahslarga kiradi. Musobaqaning ilk kunida 6 nafar dzyudochimiz bahslarga kiradi.

Jumladan, -48 kg. vaznda Halimajon Qurbonova - Jon Su Song (KXDR) bilan raqobatlashsa, 52 kg. vaznda bo‘lgan Sita Kadambayeva - Ahliya Mo‘minova (Tojikiston) sinovdan o‘tkazadi. Shuningdek,

-52 kg.da Gulhayo Jo‘rayeva - Juliya Dit Morey (Fransiya), -57 kg. vaznda Shukurjon Aminova - Yuliya Kovaljik (Polsha), -60 kg. toifasida Doston Ro‘ziyev - Richard Vergnes (Fransiya) va -66 kg.da Sardor Nurillayev - Davut Toktay (Turkiya) bilan bellashadi.

Kiritildi: 10:48 22.03.2024. O'qildi: 1177 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!