Bugun 28 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Tayvanda 7 magnitudali zilzila yuz berdi

Tayvanda 7 magnitudali zilzila yuz berdi

Tayvanning shimoli-sharqiy qirg‘og‘idagi Yilan shahridan taxminan 32 km uzoqlikda 7 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi, deb xabar berdi CNN orol ma’muriyatiga tayanib.

Mamlakat hukumati zilziladan so‘ng katta zarar qayd etilmaganini ma’lum qildi. Ayrim joylarda gaz va suv sizib chiqishi, shuningdek binolarga yengil shikast yetgani qayd etilgan.

Tayvan Ob-havo boshqarmasi yaqin bir kun ichida 5,5–6 magnitudali takroriy silkinishlar bo‘lishi mumkinligi haqida ogohlantirdi. Tayvan prezidenti Lay Sinde vaziyat hukumat nazoratida ekanini bildirdi va aholini takroriy silkinishlarga nisbatan hushyor bo‘lishga chaqirdi.

Kiritildi: Bugun 08:57. O'qildi: 210 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!