Bugun 8 iyul, 2024 yil, dushanba

КИР

Tayvan Xitoyning 22 ta samolyoti orolga yaqinlashayotganini e’lon qildi

Tayvan Xitoyning 22 ta samolyoti orolga yaqinlashayotganini e’lon qildi

Tayvan Mudofaa vazirligi Xitoy armiyasining 22 ta samolyoti va oltita kemasi orolning havo mudofaasini aniqlash zonasiga kirganini ma’lum qildi. Bu haqda “Kommersant” xabar berdi.

Bayonot 3 iyul kuni Toshkent vaqti bilan 6:08 da e’lon qilingan. Xitoy aviatexnika va kemalari Tayvan bo‘g‘ozining o‘rta chizig‘ini kesib o‘tgan. Shu munosabat bilan orol davlati havo patrulini ishga tushirgan. Tayvan harbiylari radiodan ogohlantirishlar bergan va zenit-raketa komplekslarini shay holga keltirgan.

2 iyul kuni ertalab Mudofaa vazirligi 13 ta Xitoy samolyoti orolga yaqinlashayotgani haqida xabar bergandi. Tayvan bo‘g‘ozining o‘rta chizig‘i Tayvanning havo mudofaasini aniqlash zonasi hisoblanadi. Chiziq Xitoy va Tayvan o‘rtasidagi norasmiy suv va havo chegarasidir.

Chiziq rasman aniqlanmagan. 1990 yillarning oxirigacha tomonlar chegarani kesib o‘tmagan, keyin Xitoy buni boshlagan. Havo mudofaasini identifikasiya qilish zonasi orol atrofidagi suvlarni, Tayvan bo‘g‘ozini, shuningdek, materik Xitoyning uchta provinsiyasi — Fuszyan, Szyansi va Chjeszyan havo bo‘shlig‘ining bir qismini qamrab oladi.

Kiritildi: 09:37 03.07.2024. O'qildi: 592 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!