Bugun 26 aprel, 2026 yil, yakshanba

КИР

Tayvan TIV rahbari Esvatiniga tashrif buyurdi

Tayvan TIV rahbari Esvatiniga tashrif buyurdi

​Tayvan Tashqi ishlar vaziri Lin Szya-lun Esvatini qirolligiga keldi. Avvalroq Tayvan hukumati Xitoyni prezident Lay Chin-tening parvozini to‘sish maqsadida uchta Afrika davlatiga bosim o‘tkazishda ayblagan edi.

Seyshel orollari, Mavrikiy va Madagaskar prezident samolyoti uchun havo hududidan foydalanish ruxsatini bekor qilgani sababli, prezidentning tashrifi to‘xtatilgan va uning o‘rniga vazir maxsus vakil sifatida yuborilgan. ​Vazir Lin Szya-lun Taybey "avtoritar kuchlar" qarshiligiga qaramay, xalqaro aloqalarni davom ettirishini ta’kidladi.

Prezident Lay Chin-te esa videomurojaat orqali Tayvan suveren davlat ekanini va tashqi bosimlar uning irodasini yanada mustahkamlashini bildirdi.

Kiritildi: Bugun 17:36. O'qildi: 265 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!