Bugun 19 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Tatyana Karimova Islom Karimov nomidagi yangi kutubxonani ochib berdi

A A A
Tatyana Karimova Islom Karimov nomidagi yangi kutubxonani ochib berdi

Kecha, 27 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov faoliyat yuritgan “Oqsaroy” qarorgohi – Islom Karimov ilmiy-ma’rifiy majmuasida kutubxona o‘z ishini boshladi.

Islom Karimov nomidagi kutubxona “Oqsaroy”ning o‘ng biqinida, bir vaqtlar Prezident Matbuot xizmati faoliyat olib borgan binoda joylashgan.

Istiqlolning dastlabki yillarida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti bu binoda keng jamoatchilik vakillari bilan uchrashgan, horijiy davlatlarning O‘zbekistonga tashrif buyurgan dastlabki delegasiyalarini qabul qilgan. Bu yerda Islom Karimov chet el davlatlarining birinchi elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qilib olgan. “Oqsaroy” qurilganidan keyin binoda Birinchi Prezidentning Matbuot xizmati faoliyat yuritgan.

Kutubxonaning ochilish marosimida Birinchi Prezidentning rafiqasi Tatyana Karimova, keng jamoatchilik, ilmiy va madaniy doira vakillari ishtirok etdi.

Manba: 7news.uz

Kiritildi: 15:37 28.08.2018. O'qildi: 2230 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!