Bugun 28 mart, 2024 yil, payshanba

КИР

TATU talabasi o‘z uyida vahshiylarcha o‘ldirib ketildi

TATU talabasi o‘z uyida vahshiylarcha o‘ldirib ketildi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Kompyuter injiringi fakulteti ikkinchi bosqich talabasi Sharobiddinov Asilbek Ozodmirza o‘g‘li 28 iyun kuni tunggi soat 3:45larda noma’lum ikki fuqaro tomonidan o‘z xonodonida vahshiylarcha pichoqlab ketilgan. Natijada Asilbek voqea joyida vafot etgan. Bu haqda TATU matbuot xizmatiga tayanib "xabar.uz" xabar berdi.

Ayni vaqtda Sirdaryo viloyati Guliston tuman IIB tomonidan qidiruv-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Sharofiddinov Asilbek Ozodmirza o‘g‘li 1997 yilda Sirdaryo viloyati Guliston shahrida tug‘ilgan, millati o‘zbek, 2017 yil Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Kompyuter injiringi fakultetining «Kompyuter injiringi»  yo‘nalishi 1-bosqichiga davlat granti asosida o‘qishga qabul qilingan. Sharofiddinov Asilbek shu fakultetda o‘qishi davomida o‘zini ijobiy tomondan ko‘rsata olgan, kursdoshlari orasida hurmat qozongan, fanlarni yaxshi baholarga o‘zlashtirib kelgan. Shu bilan birga, mobil ilovalar yaratish, veb-dizaynerlik, kompyuter grafikasi kabi to‘garaklarda qatnashib kelgan. Shuningdek, u yaqin kunlarda IELTS sertifikatini olish uchun sinov imtihoniga tayyorgarlik ko‘rib kelayotgan edi.

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rahbariyati marhum Asilbek Sharobiddinov oila a’zolariga chuqur ta’ziya bildiradi, deyiladi universitet xabarida.

Kiritildi: 14:50 01.07.2019. O'qildi: 5601 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!