Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Tataristonda musulmonlar uchun bank kartasi joriy etildi

Tataristonda musulmonlar uchun bank kartasi joriy etildi

Bu karta shariat me’yorlariga to‘la mos keladi

Tatariston musulmonlari diniy boshqarmasi Ak Bars banki bilan hamkorlikda “Musulmonlar uchun bank kartalari” loyihasini ishlab chiqdi va tasdiqladi.

Qayd etilishicha, hisobvaraqdagi pullar foizlar hisoblanmasdan saqlanadi, mijozlar mablag‘lari esa alohida hisobvaraqlarda (Bankning boshqa pul oqimlaridan alohida) hisobga olinadi.

Shuningdek, qo‘yilgan mablag‘lar shariat tomonidan taqiqlangan faoliyatni moliyalashtirish uchun ishlatilmaydi.

Kartalar, shuningdek, kazino xizmatlari va qimor va lotereya biznesining har qanday muassasalari, alkogol va tamaki mahsulotlari sotiladigan ixtisoslashtirilgan do‘konlardagi tovarlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish uchun mo‘ljallanmagan.

Ushbu karta egalari bar va tungi klublarda to‘lay olmaydi. Biroq restoran va kafelarga to‘lov bundan mustasno.

Kiritildi: 03:20 04.09.2022. O'qildi: 2584 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!