Bugun 28 yanvar, 2026 yil, chorshanba

КИР

«Tashabbusli byudjet»ning 10-mavsumi 1 fevraldan start oladi

«Tashabbusli byudjet»ning 10-mavsumi 1 fevraldan start oladi

2026 yil 1 fevraldan «Tashabbuskor xalq uchun — yangi imkoniyatlar mavsumi» shiori ostida «Tashabbusli byudjet» jarayonining 2026 yilgi ilk mavsumi boshlanadi. Ushbu mavsum «Tashabbusli byudjet» joriy etilganidan buyon o‘tkazilayotgan o‘ninchi — yubiley mavsum hisoblanadi.

Ma’lum qilinishicha, mavsum quyidagi bosqichlar asosida tashkil etiladi:

  • 1–20 fevral — loyihalarni kiritish;
  • 21 fevral – 7 mart — loyihalarni saralash;
  • 8–10 mart — targ‘ibot bosqichi;
  • 11–20 mart — ovoz berish bosqichi;
  • 21–31 mart — qo‘shimcha g‘oliblarni e’lon qilish bosqichi.

Shuningdek, an’anaviy tartibga ko‘ra, ovoz berish bosqichi yakunlari bo‘yicha g‘olib loyihalar 21 mart — Navro‘z bayrami kuni e’lon qilinishi qayd etildi.

Fuqarolar mahallasi uchun tashabbus ko‘rsatib, loyiha kiritish va ovoz berish jarayonlarida faol ishtirok etishga chaqirildi.

Kiritildi: Bugun 15:45. O'qildi: 202 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!