Bugun 24 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

Tarixda ilk bor: “Titanik” noyob artefakt uchun ochiladi

Tarixda ilk bor: “Titanik” noyob artefakt uchun ochiladi

AQSh sudi 1912 yilda cho‘kib ketgan "Titanik" kemasidan “Markoni” simsiz telegrafini olishga ruxsat berdi. Ushbu telegraf orqali ekipaj falokat haqida boshqalarga xabar berishda foydalangan. 

Ta’kidlanishicha, fojia sodir bo‘lgan kundan boshlab 108 yil ichida tadqiqotchilar birinchi marta afsonaviy kemaning vayronalarini kesishadi. Sud ekspedisiyani "Titanikning bir qismi bo‘lib qoladigan artefaktni qo‘lga kiritish uchun noyob imkoniyat", deb atadi.

Milliy Okean va Atmosfera Ma’muriyati (NOAA) ekspedisiyaga keskin qarshi. NOAAning ta’kidlashicha, telegraf, ehtimol 1500 dan ortiq odam qoldiqlari bilan to‘la va shu holicha qolishi kerak. NOAA shuningdek, ekspedisiya federal qonun, AQSh va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi xalqaro kelishuv bilan taqiqlanganligini aytmoqda.

Biroq sud NOAA ushbu ishning rasmiy egasi emasligini va kompaniyaning ekspedisiya rejasi xalqaro shartnomalar cheklovlari va talablariga javob berishini ta’kidladi.

RMS Titanic hali ham sud tomonidan moliyalashtirish rejasidan rozilik olishi kerak. Ammo bu jarayon koronavirus pandemiyasi sababli murakkablashmoqda. Shu sabab ko‘plab bo‘limlarning ishi to‘xtab qoldi. Suv osti robotlari bilan jihozlangan ekspedisiyaning ishi kelayotgan yozda boshlanishi rejalashtirilgan.

Kiritildi: 09:19 23.05.2020. O'qildi: 2670 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!