Bugun 29 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Tarixda ilk bor Meta kompaniyasining daromadi pasaydi

Tarixda ilk bor Meta kompaniyasining daromadi pasaydi

Facebook va Instagramning boshida turgan Meta kompaniyasi o‘z tarixida ilk bor daromadi pasayganini ma’lum qildi.

Xoldingning tarqatgan ma’lumotlariga ko‘ra, daromadning pasayishiga iqtisodiy beqarorlik va TikTok kompaniyasi bilan raqobat kuchaygani tufayli reklamalarga buyurtmalar kamayib ketgani sabab bo‘lgan.

Raqamli reklamalarning kamayishi Metaning raqobatchilari Google, Twitter kompaniyalari daromadiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatgan, ya’ni ushbu kompaniyalarning so‘nggi uch oydagi daromadi pasaygan.

Meta bosh direktori Mark Sukerbergning ta’kidlashicha, uning kompaniyasi investisiyalar sur’atini sekinlashtiradi va xodimlar olishni ham qisqartiradi. U tahlilchilar bilan telefon orqali uyushtirilgan konferensiyada “Biz oz resurslar bilan ko‘p ish qilmoqchimiz”, degan.

Meta apreldan iyun oyigacha bo‘lgan davrda 6,69 milliard dollar miqdorida daromad olgan. Bu o‘tgan yilning shu davri bilan taqqoslaganda 36 foizga kamdir.

Kompaniyaning choraklik daromadi 28,82 milliard dollarni tashkil qilgan va o‘tgan yilning shu davriga nisbatan bir foiz kam daromad ko‘rilgan.

Kiritildi: 14:34 28.07.2022. O'qildi: 2251 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!