Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Tarixda ilk bor Eron AQShga neft import qildi

Tarixda ilk bor Eron AQShga neft import qildi

2021 yil mart oyida AQSh tarixda birinchi marta Erondan bir million barrel neft import qildi. Bu haqda mamlakat Energetika vazirligi ma’lumotlariga asoslanib «Interfaks» xabar bermoqda.

AQSh Energetika vazirligi 1981 yildan beri tegishli statistik ma’lumotlarni olib boradi. Ushbu davrda Erondan AQShga 2020 yil oktyabr oyida 1,1 million barrel neft mahsulotlarining import qilinishi faqat bir marta qayd etilgan.

Eronga qarshi neft sanksiyalari AQSh ma’muriyati tomonidan 2018 yil noyabr oyida joriy qilingan. O‘tgan bir yarim yil ichida AQSh sakkiz mamlakatga Eron neftini import qilishga ruxsat berdi.

Kiritildi: 19:43 29.05.2021. O'qildi: 2555 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!