Bugun 24 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

Tanzila Norboyeva Imperator Naruxitoning taxtga o‘tirish marosimida ishtirok etadi

Tanzila Norboyeva Imperator Naruxitoning taxtga o‘tirish marosimida ishtirok etadi

2019 yil 16 oktyabr kuni Senatda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Norboyeva va Yaponiyaning O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Yoshinori Fudjiyama o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi hamkorlikni, shu jumladan, parlamentlararo aloqalarni yanada rivojlantirish va mustahkamlash masalalari muhokama etildi. Parlament diplomatiyasi O‘zbekiston-Yaponiya munosabatlarini rivojlantirishda muhim rol o‘ynashi qayd etildi.

Yaponiyaga yuksak darajadagi tashrifni tashkil etishga tayyorgarlik ko‘rish muhokamaning muhim mavzusi bo‘ldi. Bu tashrif, shubhasiz, O‘zbekiston-Yaponiya munosabatlarini sifat jihatidan yangi pog‘onaga ko‘tarishga xizmat qiladi.

Shu bilan birga, Yaponiyaning yangi Imperatori Naruxitoning taxtga o‘tirishi munosabati bilan 22-23 oktyabr kunlari Tokioda o‘tkaziladigan tantanali marosimda ishtirok etish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Norboyevaning tashrifini tashkil etish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

 

Kiritildi: 06:00 17.10.2019. O'qildi: 1782 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!