Bugun 9 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Tanishing! Yangi "Koinot go‘zali" (FOTOGALEREYa)

Tanishing! Yangi "Koinot go‘zali" (FOTOGALEREYa)

“Koinot go‘zali – 2021” xalqaro go‘zallik tanlovi g‘olibi Hindistonning 21 yoshli vakili Harnaaz Sandxu bo‘ldi. U Chandigarhda yashaydi. Bu haqda tanlovning Tvitterdagi sahifasida malum qilindi.

Tanishing! Yangi "Koinot go‘zali" (FOTOGALEREYa)

Harnaaz Sandxu go‘zallik tanlovi tarixida ushbu unvonga sazovor bo‘lgan uchinchi hind fuqarosi hisoblanadi.


Musobaqa finali Qizil dengiz sohilida Isroilda bo‘lib o‘tdi. Tojni hindistonlik ishtirokchiga avvalgi g‘olib meksikalik Andrea Mesa topshirdi.

Sandhu ma’mur bo‘lib ishlaydi, bo‘sh vaqtlarida u model va aktrisa sifatida ishlaydi. Bundan tashqari, qiz ijtimoiy faoliyat bilan shug‘ullanadi va ayollarning imkoniyatlarini kengaytirish g‘oyasini himoya qiladi. Model atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi loyihalarga qiziqadi va karbonat angidrid chiqindilarini cheklash tarafdori hisoblanadi.

Tanishing! Yangi "Koinot go‘zali" (FOTOGALEREYa)

Tanishing! Yangi "Koinot go‘zali" (FOTOGALEREYa)

Insider nashrining yozishicha, tanlov boshlovchisi, komediyachi Stiv Xarli toj egasining ismi elon qilingandan so‘ng darhol unga miyovlash iltimosi bilan murojaat qilgan. Sandxu hayvonlarga taqlid qila olishini aytdi va buni ommaga namoyish etdi.


Tashkilotchilarning ma’lum qilishicha, musobaqada 80 mamlakatdan 80 nafar qiz ishtirok etgan.

“Koinot go‘zali” tanlovi ilk bor Isroilda o‘tkazildi. Final jahonning 170 dan ortiq davlatida jonli efirda namoyish etildi.

Kiritildi: 11:17 13.12.2021. O'qildi: 12439 marta. Fikrlar soni: 8 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!