Bugun 18 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Taniqli aktrisa o‘z muxlisini sudga berdi. Nega?

A A A
Taniqli aktrisa o‘z muxlisini sudga berdi. Nega?

Turkiyada taniqli shaxslarning haqoratli izoh uchun internet foydalanuvchisiga qarshi da’vo qo‘zg‘atadigan holatlari ko‘paymoqda. "Sabah" axborot nashrining yozishicha, shunday holat aktrisa Farax Zeynep Abdulloh bilan ham yuz bergan.

Manbaga ko‘ra, aktrisa muxlislaridan birining o‘zining yashil sochlari haqidagi bema’ni izohidan xafa bo‘lgan.

Izohlarda muxlis yashil soch ijtimoiy mas’uliyati past ayollarga xos deya fikr bildirdi. Izoh yulduzning e’tiboridan chetda qolmadi va u allaqachon muxlisini sudga bergan.

Eslatib o‘tamiz, bir necha kun oldin aktrisa Xanda Erchel haqoratli izoh qoldirgan muxlisiga qarshi sudda g‘olib chiqqan va huquqbuzar ma’muriy jazoga tortilgan edi.

Kiritildi: 15:40 18.06.2021. O'qildi: 2799 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!