Bugun 14 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Taniqli aktrisa Roza Ismoilova vafot etdi

Taniqli aktrisa Roza Ismoilova vafot etdi

Sovet, qozoq va o‘zbek aktrisasi Roza Ismoilova 29 iyul kuni Toshkentda vafot etdi. Bu haqda xabar qilgan O‘zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi aktrisaning vafoti munosabati bilan marhumaning yaqinlari hamda oila a’zolariga chuqur hamdardlik izhor qildi.

Roza Ismailova 1937 yil 14 aprel kuni tavallud topgan.

Olmaota konservatoriyasida tahsil olgan. Turmushga chiqqach, Toshkentga keladi va o‘z faoliyatini "O‘zbekfilm" kinostudiyasida aktrisa sifatida davom ettiradi.

Taniqli sovet, o‘zbek aktyori, rejissyor va prodyuser Azamat Irgashev o‘zining Feycbuk sahifasida aktrisani xotirladi.

"Ismoilova Roza Mansurovna bizning olamni tark etdi. U iste’dodli aktrisa, eri kinorejissyor G‘iyos Shermuhammedov va ikkita o‘g‘ilning ajoyib onasi edi", - deydi Azamat Irgashev

Uning debyut roli "Bizning aziz tabibimiz" (1957, Bibigul, bosh rol). Keyinchalik - "Erga qaytish" (1959), "Splav" (1961, Sandigul) filmida rol ijro etgan.

Kiritildi: 14:18 31.07.2021. O'qildi: 7217 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!