Bugun 17 oktyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Ta’lim sohasiga davlat xarajatlari 5 yil ichida ikki barobar oshdi

Ta’lim sohasiga davlat xarajatlari 5 yil ichida ikki barobar oshdi

Milliy statistika qo‘mitasiga ko‘ra, 2025 yilda O‘zbekistonda ta’lim sohasiga 84,2 trln so‘m yo‘naltirildi. Bu 2021 yilga nisbatan joriy narxlarda 2,1 barobar ko‘p.

2021 yilda ta’lim sohasiga davlat xarajatlari 39,6 trln so‘mni tashkil etgan. 2022 yilda esa bu miqdor 50,3 trln so‘mga yetgan.

2023 yilda ta’limga yo‘naltirilgan mablag‘lar 61,2 trln so‘mni tashkil qilgan.

2024 yilda davlatning ta’lim sohasiga xarajatlari 71,2 trln so‘mga yetgan. 2025 yilda esa 84,2 trln so‘mni tashkil etgan.

Kiritildi: 17:25 16.10.2026. O'qildi: 323 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!