Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to‘g‘risidagi nizom Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Nizomga muvofiq talabalar bilimini nazorat qilish oraliq va yakuniy nazorat turlarini o‘tkazish orqali amalga oshiriladi. Oraliq nazorat har bir fan bo‘yicha 2 martagacha o‘tkazilishi mumkin.
Yakuniy nazorat turi semestr yakunida (tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida fan yakunida) o‘tkaziladi.
Talabalarning bilimi 5 ballik tizimda quyidagi mezonlar asosida baholanadi:
Tegishli fan bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini olib borgan professor-o‘qituvchi yakuniy nazorat turini o‘tkazishda ishtirok etishi taqiqlanadi.
Oraliq nazoratni topshirmagan yoki “2” baho olgan talaba yakuniy nazorat turiga kiritilmaydi.
Yakuniy nazoratga kirmagan yoki kiritilmagan, shuningdek ushbu “2” baho olgan talaba akademik qarzdor hisoblanadi.
Bir kunda 1 tadan ortiq fan bo‘yicha yakuniy nazorat turi o‘tkazilmaydi.
Baholash natijasidan norozi bo‘lgan talabalar natija e’lon qilingan vaqtdan boshlab 24 soat davomida fakultet dekani tomonidan tashkil etiladigan Apellyasiya komissiyasiga apellyasiya berish huquqiga ega.